"Real Madrid" yozda sotib olgan transferlaridan mamnun!

  • 02.09.2023 18:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" rahbarlari klub yozgi transferlar oynasidagi xaridlaridan juda mamnun. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" boshliqlari transfer oynasini rejalashtirilganidan ham yaxshiroq o‘tganiga ishonishmoqda.

"Real Madrid" jamoasi mavsum davomida barcha sovrinlar uchun kurasha oladigan darajada yaxshi ekanligiga ishonch bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida Madridning "Real" klubi o‘z safiga Jud Bellingem, Arda Gyuler, Fran Garsiya, Kepa Arrizabalaga va Xoselu kabi futbolchilarni qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!