
"Real" Madriddan ketgan Yovich boshqa bir "Real"ga 4 ta gol urdi
Yaqinda "Real" futbolchisi Luka Yovich "Fiorentina" klubi safiga borib qo‘shilgani haqida xabar berilgandi. Bugun hujumchi yangi jamoasi safidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi maqomida o‘tgan bahsda florentsiyaliklar "Real Vichentsa" klubini yirik 7:0 hisobida tor-mor keltirdi. Unda gollarga Gonsalec (dubl), Ikone va Yovich (poker) mualliflik qildi.
Qayd etish lozim, Luka to‘rt golining hammasini ikkinchi bo‘limda kiritdi.
Fikrlar