«Real» mashg‘ulotni bir daqiqalik sukut bilan boshladi
Muhammadqodir Ruzmatov
«Real» futbolchilari Toledoda poyezdlar to‘qnashuvida halok bo‘lganlar xotirasiga mashg‘ulotni bir daqiqalik sukut bilan boshladi.
«Real» Ispaniya chempionatining 11-turida «Rasing»ga qarshi safar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Chorshanba kuni Joze Mourin’yu boshchiligidagi jamoa mashg‘ulot o‘tkazdi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, mashg‘ulot bir daqiqalik sukut bilan boshlangan.
«Real» futbolchilari va murabbiylar shtabi Toledo viloyatidagi temir yo‘l halokati oqibatida vafot etganlar xotirasini yodga oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki tezyorar poezd to‘qnashuvi natijasida kamida 68 kishi halok bo‘lgan.
«Rasing» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv 1 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi

Izohlar (0)