“Real” Messining mazasini qochirdi!

  • 5 may, 2022, 14:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero Chempionlar ligasi yarim finalida “Real”ning g‘alabasiga Lionel Messining munosabati qanday bo‘lganini oshkor qildi.

Tecno

33 yoshli Aguero o‘zining yutub kanalida Karlos Teves bilan birga “Real” va “Manchester Siti” uchrashuvini videotranslyatsiya qildi. Shu jarayonda Agueroga Messidan xabar keldi.

- Leo: “Bo‘ldi, bas qiling. Jin ursin. Nimalar bo‘lyapti? Bunga ishongim kelmaydi. O‘zimni yomon his qilyapman”, deb yozdi, dedi Aguero.

Ma’lumki, Manchesterdagi uchrashuvda 4:3 hisobida zafar quchgan Xosep Gvardiola shogirdlari Madridda 1:3 hisobida yutqazdi.

“Real”ni finalga olib chiqqan gollardan ikkitasini Rodrigo va hal qiluvchisini Karim Benzema kiritdi.

“Liverpul” va “ Real” o‘rtasidagi final uchrashuvi 28 may kuni Parijdagi “Stad-de-Frans” arenasida bo‘ladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!