"Real” “Milan” etakchisini olmoqchi
The Sun xabariga ko‘ra, “Real” raxbariyati “Milan” yarim ximoyachisi Frenk Kessega jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” futbolchini joriy transferlar oynasida qo‘lga kiritish niyatida.
Avvalroq, Madrid klubi xavbekning maoshi ko‘p bo‘lgani uchun xarid qilmagan edi. Endilikda, “qirollik klubi” ivuarlikka yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Transfermarkt Kesseni 48 million evroga baxolagan. Lekin, “Milan” uni 50 milliondan kamga sotmoqchimas. Joriy mavsumda Frenk 21 ta o‘yinda, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar