Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Mourino bilan muzokaralarni boshlab yubordi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 1

Uni yana Madridga qaytarishmoqchi.

Madridning "Real" klubi o‘zining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tish lozimki “qirollik klubi” mavsum avvalida Xulen Lopetegini bosh murabbiy lavozimiga tayinlagan edi. Ammo, natijalar qoniqarsiz bo‘lavergach uni iste’foga chiqarib o‘rniga Santyago Solarini tayinladi. Biroq, Solari ham kutilgan o‘zgarishlarni amalga oshira olmayapti.

Shu bois klub prezidenti Florentino Peres ishsiz yurgan portugaliyalik mutaxassisni yana Madridga qaytarish g‘oyasini ilgari surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mourino “Real”ni 2010-2013 yillarda boshqargan va ushbu vaqt ichida “qirollik klubi” bilan Ispaniya chempioni va Kubogi sohibiga aylangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q