
“Real” muxlislariga yaxshi yangilik
“Real” mavsum boshidan beri himoya chizig‘ida muammoga duch kelmoqda. Jamoa himoyachilarining aksariyati jarohat tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Endi orqa chiziqdagi vaziyat biroz yumshaydigan bo‘ldi. Jamoaning asosiy himoyachisi David Alaba bir yil davom etgan davolanishdan keyin umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
“Qirollik klubi” muxlislarini xursand qilgan bu xabarni ishonchli manbalardan biri – taniqli insayder Fabritsio Romano tarqatdi.
David Alaba so‘nggi bor o‘tgan yilning dekabr oyida “Vilyarreal”ga qarshi o‘ynagan edi. Tizzasidan og‘ir jarohat olgan avstriyalik futbolchi davolanish jarayonida futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi ham bo‘ldi. Bundan tashqari, “Real”ni tark etish masalasini ham ko‘tardi.
Manbaga ko‘ra, noxushliklar ortda qoldi va David Alaba jamoasiga yordam bergani jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti.
Fikrlar