“Real” nega Mbappe transferini e’lon qilmayapti?

  • 23 may, 2024, 08:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan rasman xayrlashganiga qaramay, uning qaysi jamoaga o‘tgani e’lon qilingani yo‘q.

Hamma 25 yoshli hujumchining “Real”ga o‘tishini kutmoqda. Madrid klubi rahbari Florentino Peres bosh murabbiy Karlo Anchelottiga Mbappeni kutib olishga tayyorgarlik ko‘rishni aytgan.

Jurnalist Xose Fliks Diasning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” PSJning ruxsatisiz Mbappening transferini rasman e’lon qila olmas ekan.

“Real” mutasaddilari tez orada Evropa chempionati boshlanishini inobatga olib, ushbu turnirgacha aniqrog‘i, 1 iyun kuni bo‘ladigan Evropa Chempionlar ligasi finalidan keyinoq Kilian Mbappeni Madridga ko‘chib o‘tganini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Biroq buning uchun PSJ roziligi talab etiladi. Chunki shartnomaga ko‘ra, Mbappe 30 iyun kunigacha rasman parijliklar o‘yinchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!