“Real” olaversin! Superklub Olise transferidan voz kechdi
Yevropa chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” yozgi transferlar oynasi davrida “Bavariya” hujumkor futbolchisi Maykl Olise uchun kurashga qo‘shilmaslikka qaror qildi.
Fransiyalik futbolchi shu yozda Myunxen klubini tark etishi mumkin. Hozircha uning asosiy da’vogari sifatida Madriddning “Real” klubi ko‘rilmoqda.
L'Equipe nashri ma’lumotiga ko‘ra, PSJ moliyaviy imkoniyatga ega bo‘lishiga qaramay, Olise uchun kurashga aralashmaydi. Parijliklar rahbariyati xuddi shunday pozitsiyada o‘ynaydigan, ammo arzonroq futbolchilarni afzal ko‘rmoqda.
Manbaga ko‘ra, PSJ ushbu pozitsiyaga hozircha ikki futbolchi – Magnes Akliush (“Monako”) va Yan Diomandeni (“RB Leyptsig”) mo‘ljallab turibdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra Magnes Akliush 50 million yevro, Yan Diomande 90 million yevro, Maykl Olise esa 150 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar