
Bizga Pogba kerakmas!
“Real” mutasaddilari yozda erkin agentga aylanadigan “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbani transfer qilmaydigan bo‘ldi.
“Qirollik klubi” anchadan beri frantsiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib kelayotgan edi. Biroq, 29 yoshli futbolchining katta maosh talab qilishi bu transferga to‘sqinlik qiladi.
Ma’lumki, madridliklarning asosiy nishoni Kilian Mbappe va Erling Xoland hisblanadi. Bu o‘yinchilar ham eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar toifasiga kiradi. Shu bois, Pogbaning xarajatlari “Qirollik klubi”ga ortiqcha yuklama bo‘ladi.
Frantsiyalik yarim himoyachining o‘zi Manchesterdagi faoliyatidan qoniqqani yo‘q va yangi shartnoma tuzmaydi. Hozircha, Pogbaga asosiy da’vogar sifatida PSJ va “Yuventus” tilga olinmoqda.
Fikrlar