"Real" o‘z hujumchisini "Milan"ga taklif qilmoqda

  • 4 iyul, 2019, 19:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning "Real" klubi hujumchi Mariano Diasdan tezroq qutulmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda “qirollik klubi” 25 yoshli futbolchining xizmatlarini “Milan”ga taklif qilgan. Madridliklar ushbu transferni 25 mln evroga baholashmoqda. Gap shundaki, Dias jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidenning yangi mavsum rejalariga kirmaydi.

Ma’lumot uchun, “Real” Diasni bundan bir yil muqaddam “Lion”dan 21,5 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!