Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" Portugaliyadan 15 yoshli vunderkind topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yangi yulduz porlay boshladi

«Sporting» tarkibida to‘p surayotgan 15 yoshli yarim himoyachi Xakobo Afonso «Real Madrid» skautlari diqqat markaziga tushdi. Madrid klubi Portugaliya chempionatida porlab kelayotgan yosh iste’dodni o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Qirollik klubi» skautlari Afsononing o‘sish dinamikasini yaqinidan kuzatib bormoqda. 

Yosh futbolchining jismoniy tayyorgarligi, chuqurdan hujumga qo‘shilishi va to‘pni himoyadan hujumga tez yetkazib berish mahorati seleksiya bo‘limiga manzur bo‘lmoqda.

Shuningdek, Afonso ikki fuqarolikka ega ekani qayd etilmoqda: u Portugaliya va Ispaniya pasportlariga ega. Hozirda futbolchi Ispaniya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Bu omil ham «Real» uchun qo‘shimcha afzallik sifatida ko‘rilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q