"Real" posboni APLga yo‘l olishi mumkin

  • 6 may, 20:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andrey Lunin faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Transfer News Live" ma’lum qildi.

Tecno

Ukrainalik posbon "Real"da o‘yin amaliyotini kam olmoqda, sababi Madrid jamoasining asosiy darvozaboni Tibo Kurtua hisoblanadi. Luninni "Aston Villa" kuzatib bormoqda. Emiliano Martines jamoadan ketishi mumkinligi sababli, Angliya klubi yozda yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Transfermarkt" portali Andrey Luninni 20 million evroga baholamoqda. Ukrainalik futbolchi "Real" safida 60 ta o‘yin o‘tkazib, 70 ta gol o‘tkazib yuborgan. Luninning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!