
"Real" PSJga ketayotgan Asensio o‘rniga allaqachon futbolchi topib qo‘ygan!
"Real" Madrid yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Marko Asensio o‘rniga futbolchi topib qo‘ygan. Bu haqda "Cope" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "qirollik klubi" Asensio o‘rniga Braim Diasni jamoaga qaytaradi. Transfer huquqi "Real"ga tegishli bo‘lgan Diasning "Milan"dagi ijara shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi va u rasman Madridga qaytadi.
Ma’lumot o‘rnida, Asensio joriy mavsum barcha musobaqalar doirasidagi 50 o‘yinda 12 gol hamda 8 assist muallifi bo‘lgan. Braim esa jami 44 bellashuvda 7 gol va 6 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar