"Real" safida jiddiy yo‘qotish

Ispaniyalik xavbek Isko Alarkon mashg‘ulotlar davomida jarohat oldi. U "Real" bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

28 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar davomida oyoq bo‘g‘imlarini shikastlab olgan va bu holat uni eng kamida 10 kun davomida maydonga tushmaslikka majbur qiladi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda ham jarohatlar tufayli bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.

Endi Isko katta ehtimol bilan La Liga startida maydonga tusha olmaydi. Ushbu o‘yin 21 sentyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!