
"Real" Sterling uchun "Siti"ga nimalar taklif qilmoqchi?
"Real" Madrid klubi "Manchester Siti" forvardi Raxim Sterlingni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va buning evaziga Garet Beylni transferga qo‘shishga tayyor.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 24 yoshli angliyalik futbolchini imkon qadar tezroq sotib olmoqchi. Uning uchun “shaharliklar”ga 77 mln evro va uelslik futbolchini berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Manchester Siti” Raxim Sterlingga yangi shartnoma taklif qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2023 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Sterling joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar