"Real" tajribali futbolchisini 2024 yilgacha jamoada olib qolmoqchi

  • 2 sentabr, 2022, 19:09
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi Luka Modrich bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirmoqchi, deya xabar beradi “Marca”.

Tecno

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi bir haftadan keyin 37 yoshga to‘ladi, ammo bu “qaymoqranglilar”ni cho‘chitgani yo‘q va Modrich bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishga tayyor.

Futbolchining o‘zi 2024 yilgacha jamoada qolishga tayyormi yoki yo‘qligini hozircha noma’lum.

Joriy mavsumda Modrich "Real"ning La Liga doirasidagi uchta o‘yinida maydonga tushib, 1 gol va 1 golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!