“Real” top-ligadan arzon, yosh va zo‘r himoyachi topdi
Bir necha mavsumdan beri himoya chizig‘idagi muammoalardan aziyat chekib kelayotgan Madridning “Real” jamoaga mos himoyachini Frantsiya chempionatidan topdi.
Madrid klubi skautlari bir necha muddatdan beri “Renn” jamoasining 20 yoshli markaziy himoyachisi Jeremi Jakening o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib kelmoqda.
Bu haqda Madrid Universal nashri va taniqli jurnalist Matteo Moretto ma’lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” mutasaddilari Jakeni sotib olish klubning yosh iqtidorlarni jalb etish siyosatiga to‘liq mos keladi, deb hisoblashmoqda.
Joriy mavsumda Jake Liga 1 doirasida 15 ta o‘yinda qatnashgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million evroni tashkil etmoqda.
Fikrlar