“Real” va “Barsa”ga o‘tib nima qilaman?
“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares hozirgi jamoasidagi mavqeidan to‘liq qoniqish hosil qilayotganini ta’kidladi.
Argentinalik forvard ish joyini alishtirishdan naf yo‘qligini va kelajagini manchesterliklar safida ko‘rayotganini yashirmadi.
- Men “Barselona” yoki “Real”da o‘ynashni istaymanmi? Bu savolga “Manchester Siti”da mamnun va baxtiyor ekanimni aytish orqali javob beraman.
“Manchester Siti”ga kelganimga bir yildan sal oshdi, lekin bu jamoa bilan juda ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritdim.
Birinchi kundanoq, menga katta yordam berishyapti. Bu jamoada ham futbolchi, ham inson sifatida o‘sdim, - dedi Xulian Alvares.
23 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasi safida jahon va qit’a chempion, “Manchester Siti” bilan Angliya chempioni, mamlakat kubogi sohibi, Chempionlar ligasi, UEA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar