"Real" va "Barselona" 16 yoshli futbolchi uchun kurash boshladi
Frantsiyaning "Renn" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinja "Real" va "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ispan grandlari 16 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Unga shuningdek "Arsenal", "Tottenxem" va "Manchester Siti" klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Kamavinja Frantsiya chempionatida golli uzatma amalga oshirgan tarixdagi eng yosh futbolchi hisoblanadi. U 16 yosh 9 oylik paytida golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar