"Real" va "Barselona" maydon tashqarisida ham raqobat qilmoqda
"Rel" va "Barselona" "Lester"ning 16 yoshli vingeri Jeremi Monga transferini uchun raqobatlashmoqda. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar berdi.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, Ispaniyaning ikki grandi futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Monga "tulkilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U hozirda "Lester"ning asosiy jamoasi safida harakat qilib kelmoqda.
Jeremining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 10 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Monga joriy mavsum ingliz klubi safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Vinger Angliya yoshlar terma jamoasiga ham faol chaqiruv olib kelyapti.



Fikrlar