
“Real” va “Siti” bir birining yulduzi ko‘z tikdi
Kelasi yili yozda “Real” va “Manchester Siti” katta transferni amalga oshirishi kutilmoqda.
“Manchester Siti” madridliklar tarkibida o‘ynayotgan braziliyalik hujumkor futbolchi Rodrigoni olishni istayati.
“Qirollik klubi” esa, “shaharliklar”ning tayanch yarim himoyachisi Rodri Ernandesni Ispaniyaga qaytarishni rejalashtirgan.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar bu masalani o‘zaro o‘yinchi almashish bilan hal qilishi mumkin. Buning uchun tomonlar o‘yinchilar narxidagi tafovut bo‘yicha kelishib olishi talab etiladi.
Rodrining narxi Evropa chempionatidagi keyin ko‘tarildi. Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgan o‘yinchi 130 million evroga baholanyapti. Rodrigoning transfer summasi 110 million evroni tashkil qilmoqda. Har ikki o‘yinchi o‘z klubi bilan uzoq muddatli shartnomaga ega.
Fikrlar