"Real" va "Siti" futbolchilari bu borada etakchi

  • 12 iyul, 2024, 17:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ko‘z o‘ngimizda yaqindagina start olgan Evropa chempionati bahslari ham sekin-asta o‘z poyoniga etmoqda. Yana ikki kundan so‘ng Berlin shaxridagi “Olimpiashtadion” o‘yingoxida Ispaniya va Angliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi final bellashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Butun turnir davomida saytimiz va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali sizlarga har kungi natijalardan boxabar qilib borish bilan birga, bir-biridan qiziqarli yangilik va faktlar bilan ham bo‘lishib keldik. 

Turnir yakuniga etishi arafasida yana bir qiziqarli ma’lumotni taqdim etamiz. 

Bilamizki, turnir uchun eng ko‘p futbolchisini etkazib bergan jamoalar bu- “Manchester Siti” va “Inter” klublari sanaladi. Ularning 13 tadan o‘yinchisi bu galgi Evropa chempionatida qatnashishga muvaffaq bo‘ldi. 

Har bir o‘yin davomida faolligi va aktivligi bilan aloxida ajralib turib, futbolchilari eng ko‘p marta “Man of the match” shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritgan jamoalar orasida UEFA chempionlar ligasining oxirgi ikki mavsumdagi g‘oliblari borishmoqda. Ya’ni “Manchester Siti” va “Real Madrid” jamoalarining futbolchilari naqd besh marotabadan bellashuvlarning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotini qo‘lga kiritgan. 

Undan keyingi o‘rinlarda “Barselona”dan 4 marta, “Napoli” va “Pari-Sen-Jermen”dan 3 marta, “Al-Ittixod”, “Manchester Yunayted”, “Bayer” Leverkuzen va “Liverpul”ning 2 nafardan futbolchilari eng yaxshi sovriniga ega chiqishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!