“Real” va “Yuventus” Evrokuboklardan chetlatiladi!

  • 23 aprel, 2021, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Superligasini tashkil qilishda bosh bo‘lgan ikki klub rahbarlari – Florentino Peres va Andrea Anelli fikridan qaytmasa, UEFA “Real” va “Yuventus”ni bir yilga Evrokuboklardan chetlatishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” hamon Superligani rasman tark etgani yo‘q. “Yuventus” esa bu loyihaning kelajagi porloq ekaniga ishonch bildirishini, lekin ayrim sabablarga ko‘ra, uni amalga oshirish imkoniyati pastligini ta’kidlamoqda.

UEFA Ijroqo‘mi a’zolarining aksariyati qit’a futbolini ostin-ustun qilib tashlagan bu loyiha tashabbuskorlariga jiddiy chora ko‘rish kerak, degan fikrni ilgari surmoqda. Qolganlar esa murosa yo‘lidan borishga chaqirmoqda.

Garchi Evropa Superligasi hali boshlanmay turib, uni tashkil qilgan 12 ta jamoaning aksariyati undan voz kechgan bo‘lsa-da, bu voqea “ko‘hna qit’a” futbolida jiddiy islohotlar boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!