Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Real” Valverde va Tchuameni janjali bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Ma'lumotlarga ko‘ra, mojaro oqibatida urugvaylik futbolchi yiqilib, boshini stolga urgan va jarohat olgan.

"Real Madrid" yarim himoyachilar Federico Valverde va Orelien Tchuameni oʻrtasidagi janjal yuzasidan rasmiy bayonot eʼlon qildi.

"Bugun erta tong asosiy jamoa mashgʻulotida sodir boʻlgan voqealar sabab klub futbolchilari Federico Valverde va Orelien Tchuameniga nisbatan intizomiy tekshiruv boshlashga qaror qildi.

Klub ichki jarayonlar yakunlangandan soʻng har ikki holat boʻyicha qarorni eʼlon qiladi", — deyiladi “Real” bayonotida.

Avvalroq bir qator OAV mashgʻulotdan keyin jamoa yechinish xonasida Valverde va Tchuameni oʻrtasida mushtlashuv chiqqanini xabar qilgandi. Maʼlumotlarga koʻra, mojaro oqibatida urugvaylik futbolchi yiqilib, boshini stolga urgan va jarohat olgan. Shuningdek, futbolchilar oʻrtasidagi keskinlik 6 may kuni boʻlib oʻtgan mashgʻulot payti dayoq boshlangan aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q