"Real" Van de Bekni ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Madridning "Real" klubi yozgi transferlar davrida o‘zining markaziy chizig‘ini kuchaytirish borasida ish olib bormoqda. Bu borada ularning asosiy nishoni “Manchester Yunayted” xavbeki Pol Pogba hisoblanadi.
Biroq, Sun Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar “qirollik klubi” ushbu frantsuz futbolchisini qo‘lga kirita olmasa, keyingi 2ta nomzodga e’tiborini qaratadi. Ular Kristian Eriksen ("Tottenxem") va Donni van de Beklardir ("Ayaks").



Fikrlar