“Real” Xolandni olish uchun 4 bosqichli reja ishlab chiqdi

  • 21 yanvar, 2024, 16:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland transferi bo‘yicha ish boshladi. Dastlab, norvegiyalik forvardni qo‘lga kiritishga yordam beradigan strategik reja ishlab chiqildi.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, reda to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi o‘rinda, madridliklar Xolandga bosim o‘tkazmaydi, uning qaroriga ta’sir qilmaydi, hujumchining atrofidagilar bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga urinadi.

Ikkinchidan, “Real” Xolandning shartnomasidagi bandga ko‘ra, har mavsum uning badal puli summasi pasayib borishini inobatga oladi va transferni amalga oshirish uchun mos vaziyatni kutadi.

Rejaning uchinchi bandida Erling Xoland bilan birga o‘ynagan va yaqin do‘sti hisoblangan Jud Bellingem norvegiyalik hujumchini transferga ko‘ndirishi belgilangan.

Nihoyat, “Qirollik klubi” Xoland bilan bo‘ladigan muzokaralar jarayoniga turli agentlarni jalb qilish orqali maqsadiga etishishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!