"Real" yoz uchun ikki super transfer tayyorlamoqda

  • 07.10.2026 10:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi kelasi yozda transfer bozorida katta shov-shuvga sabab bo‘ladigan ikki yirik bitimni amalga oshirishni ko‘zlamoqda. Bu haqida ElNacional.cat nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi»ning asosiy maqsadlari – «Bavariya» yarimhimoyachisi Maykl Olise va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand.

Xabar qilinishicha, Olise «Bavariya» bilan tuziladigan yangi shartnomasiga 200 million yevro miqdoridagi maxsus to‘lov (vykup) bandini kiritishni istamoqda. Bu esa kelgusida uni sotib olishni rejalashtirayotgan klublar uchun huquqiy yo‘l ochib beradi.

Erling Holand esa o‘z kelajagi yuzasidan o‘ylab ko‘rayotgani aytilmoqda. Bu holat «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo choralari bilan bog‘liq. Agar klub jiddiy sanktsiyalarga duch kelsa, norvegiyalik forvard jamoani o‘zgartirish variantini ko‘rib chiqishi ehtimoldan xoli emas.

«Real» rahbariyati bu ikki transferni amalga oshirishni real imkoniyat sifatida ko‘rmoqda. Agar reja uddadan chiqsa, madridliklar yaqin yillar uchun yanada kuchliroq tarkib shakllantirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!