
“Real” yulduzi: “Manchester Siti”ga ham, Xitoyga ham bormayman
“Real”ning yulduzli tarkibida Ispaniya chempionati va xalqaro maydonda muvaffaqiyatli to‘p surib kelayotgan germaniyalik Toni Kroos jamoadagi kelajagi va rejalari haqida gapirdi.
Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
- Men yana uch yil “Real”da qolaman. 33 yoshga kirganimda o‘sha vaqtdagi ahvolimga, jismoniy imkoniyatlarimga qarayman. Uch yil futbolda katta muddat. Agar “Real”da o‘ynasang u yanada uzoqday tuyuladi. Mendan Gvardiola jamoasiga borishimni so‘rashadi. Biror jamoaga borishimni tasavvur qilolmayman. Kroos Xitoyga ikki yilga futbol o‘ynagani ketibdi, degan xabarni ham eshitmaysiz, - dedi mashhur futbolchi.
Fikrlar