“Real” yulduzining transferi kechiktirildi
Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan Londonding “Arsenal” klubi qishki transfer oynasida “Real” yarim himoyachisi Arda Gyulerni sotib olishga urinmaydigan bo‘ldi.
Bu haqida ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” Gyularga qiziqishni saqlab qolmoqda, ammo asosiy harakatlar yozgi transfer oynasi davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, agar favqulodda kutilmagan holat yuz bersagina “Arsenal” turk futbolchisini yanvar oyida olishni istisno qilmayapti.
Biroq Turkiyadagi manbalarning Arda Gyuler yaqin vaqtda “Real”ni tark etishni rejalashtirmayotgani xabar qilmoqda.
Bu mavsumda 20 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 30 ta o‘yin, 3 ta gol va 10 ta golli uzatma qayd etdi.
Fikrlar