"Real"da endi o‘sha mashhur 7-raqamda kim o‘ynaydi?
"Real" Madridda ettinchi raqamning yangi sohibi malum bo‘lishi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.
"El Mundo" nashri xabariga ko‘ra, Jud Bellingem "Real"da 7-raqamga asosiy da’vogar.
"Qirollik klubi" hali ham Kilian Mbappeni qo‘lga kiritishdan umidvor, ammo frantsiyalik futbolchi katta ehtimol bilan bu yozda jamoaga kelmaydi. Xabar qilinishicha, madridliklar bunday maxsus raqamni bo‘sh qoldirishni istamayapti. Muxlislar orasida bu raqamli futbolkalarga bo‘lgan an’anaviy talab yuqori.
Bellingem rasman "Real"ga o‘tganini e’lon qildi. Bitim summasi 100 million evroni tashkil qiladi.
Angliyalik yarim himoyachi Dortmundda 22-raqam ostida o‘ynagan. 22 raqamni Antonio Ryudiger olganligi sababli Bellingem 7-raqamda harakat qiladi.



Fikrlar