"Real"da ishlashi kutilayotgan mutaxassislar orasiga "Ayntraxt" murabbiyi ham qo‘shildi

  • 21 mart, 2023, 18:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda klubni tark etishi mumkin. U mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘lsa, "qaymoqranglilar" o‘ziga yangi mutaxassis qidiradi. Bu haqda Ispaniyaning bir qator nashrlari xabar bermoqda. Variantlar orasiga "Ayntraxt" ustozi Oliver Glasner ham qo‘shildi, deya xabar berdi "Bild" nashri.

Tecno

Avstriyalik murabbiyning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Uning faoliyatidan Germaniya jamoasi rozi. . 48 yoshli Oliverning qo‘lida "Ayntraxt"ni Chempionlar ligasining nimchorak finaligacha etib keldi. Bundan tashqari, o‘tgan yilda "Barsa"ni Evropa ligasidan chiqarib, chempionat g‘olibiga ham aylangandi. 

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti o‘rniga Tomas Tuxel, Xabi Alonso va Pochettino ham kelishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!