
“Real”dan ketmasam bo‘lmaydi!
Todofichajes nashrining xabar berishicha, “Real” hujumchisi Mariano Dias jamoani tzroq tark etishga qaror qildi.
28 yoshli futbolchi muntaam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi. Biroq, “Qirollik klubi”da hujum chizig‘ida raqobat o‘ta yuqoriligi uchun unga etarli imkoniyat berilmayapti. Shu bois, Dias o‘ziga bildiriladigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Mariano 2012 yildan beri klub tizimida yuribdi. Orada bir mavsum “Lion”da o‘ynab keldi. Lekin shundan keyin ham muhim o‘yinchiga aylana olmadi.
O‘tgan mavsumda o‘n bir marta maydonga tushgan o‘yinchi bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Diasning amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi. Uni 6 million evroga transfer qilish imkoniyati bor.
Fikrlar