
“Real”ga chempion futbolchi keladi
“Real” rahbariyati “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan Alfonso Devisni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Marca nashrining yozishicha, madridliklar kanadalik o‘yinchi yordamida o‘ng qanot himoyasini mustahkamlamoqchi. Hozircha, ispan klubi mutasaddilari Defis atrofidagi vaziyatni o‘rganib bormoqda.
Devis 2019 yildan beri “Bavariya”da to‘p tepadi. U to‘rt marta Germaniya chempioni, Chempionlar ligasi va Evropa Superkubogi g‘olibi bo‘lgan.
21 yoshli futbolchi Kanadada “Vankuver” jamoasi safida to‘p tepgan.
Fikrlar