“Real”ga gol urgan futbolchi yangi mavsumni “Lokomotiv” safida boshlaydi
Jasur Yaxshiboev - "Lokomotiv" futbolchisi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
2021 yilning 28 sentabr kuni Madridda Tibo Kurtua darvozasiga to'p kiritgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev "Lokomotiv" PFK bilan shartnoma imzoladi. Endilikda mohir yarim himoyachi "temiryўlchilar" sharafini himoya qiladi.
Ma'lumot uchun, Jasur Yaxshiboev 24.06.1997 kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumanida tug'ilgan. Bo'yi 178 sm, vazni 71 kg. Yaxshiboev faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", OKMK, Qozog'istonning "Ordabasi", Belarusning "Shaxtyor" va "Energetik-BGU", Moldovaning "Sherif", Polshaning "Legiya" hamda Eronning "Nassaji" klublarida to'p tepgan.

Fikrlar