“Real”ni Anchelotti boshqarishi mumkin
Xabi Alonsodan avval “Real”ga ustozlik qilgan italiyalik mutaxassis Karlo Achelottining o‘g‘li Davide Madrid klubi bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkin.
Bu haqda Sport.es sayti xabar tarqatdi.
Karlo Anchelotti “Qirollik klubi”da ishlagan davrda Davide otasiga yordamchilik qilgan va klubning ichki muhitini yaxshi biladi. Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganida Davide bu mamlakatning mashhur klubi “Botafogo”ni boshqarishga kirishdi.
18 dekabr kuni Davida “Botafogo” bilan xayrlashdi. U bilan birga murabbiylar shtabi vakillari – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Luka Gerra va yordamchi murabbiylardan Luis Tevenet va Endryu Mangan ham klubdan ketdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Davide Anchelottining Braziliyani tark etgani “Real”da Xabi Alonsoning o‘rnini egallash imkoniyati yuzaga kelgani bilan bog‘liq. Xabi Alonso yozda jamoani qabul qilib olganidan keyin futbolchilarga o‘zining o‘yin falsafasini singdira olmadi va hamon uning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.



Fikrlar