"Real"ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 08.05.2023 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Muxlislar Vinisius Juniorni "Real" Madridning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tanladi.

22 yoshli braziliyalik futbolchi ovoz berishda Karim Benzema, Rodrigo Goes, Marko Asensio va Eduardo Kamavingani ortda qoldirib, ketma-ket uchinchi marta Madrid klubining o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Bu mavsumda umumiy hisobda Vinisius 4 marta - avgust, fevral, mart va aprel oylarida ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Aprel oyida Vinisius "qirollik klubi" safida barcha musobaqalarda 8 uchrashuvda 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!