"Real"ning Iskoning narxini 3 barobar oshirdi

  • 21.11.2020 14:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" rahbariyati Iskoni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida 60-70 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor. Bu haqda AS xabar tarqatmoqda.

Aytish kerakki, bungacha “Qirollik klubi” 28 yoshli ispaniyalik futbolchini 20 million evroga sotishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Endi bo‘lsa madridliklarning bu boradagi “ishtahasi” 3 barobarga oshdi.

Iskoning agenti uning “Real”dan ketmoqchi emasligi haqida ma’lum qilgan edi.

Isko joriy mavsum “Real”da 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!