"Real"ning sobiq bosh murabbiyi "Chelsi"ni boshqarishga yaqin
"Chelsi" ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoni bosh murabbiylik lavozimiga tayinlashga yaqin turibdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, londonliklar mutaxassis bilan dastlabki muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan. Alonso esa klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor ekani aytilmoqda.
Shu bilan birga, “aristokratlar” rahbariyati boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda va yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Ma'lumot uchun, 44 yoshli mutaxassis 2026 yil yanvar oyida "Real Madrid"dan ketganidan beri ishsiz qolmoqda.

Fikrlar