"Real"ning yangi yulduzi yana qimmatlashdi

  • 28 mart, 2024, 23:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Palmeyras" hujumchisi Endrik Pelipening narxi qimmatlashdi. "Transfermarkt" portalining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra,  yosh vunderkindning yangi qiymati 55 million evroni tashkil qiladi.

Tecno

Braziliyalik futbolchining avvalgi narxi 45 million evro edi. Endrik katta farq bilan Braziliya A seriyasining eng qimmat futbolchisi bo‘lib qolmoqda. 2024 yilda 17 yoshli hujumchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda oltita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu umidli yulduz yozda "Real" safiga borib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!