Rempeydj Jeksonning o‘g‘li hibsga olindi

  • 19.09.2025 21:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

25 yoshli MMA jangchisi Radja Jekson, UFC afsonasi va sobiq chempion Kvinton “Rempeydj” Jeksonning o‘g‘li, Kaliforniyada o‘tgan shou paytida professional restler Sayko Styuga shafqatsiz hujum qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Los-Anjeles okrug qamoqxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, Jekson payshanba kuni ertalab soat 09:00 atrofida qo‘lga olingan. U hozircha qamoqda saqlanmoqda, biroq $50 ming miqdorida kafil puli evaziga ozodlikka chiqish imkoniyatiga ega.

Radja Jekson jinoyat sodir etishda ayblanmoqda. Hozircha unga qo‘yilgan ayblov tafsilotlari oshkor etilmagan, sud hujjatlarida ham yangi yangilanishlar qayd etilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!