Renye De Ridder juda ham kuchli raqibni jangga chorladi
Niderlandiyalik UFC jangchisi Renye De Ridder AQSh vakili Xalil Rauntriga qarshi oktagonga chiqishni istamoqda.
"Bu safar reytingda TOP-10 da turgan yigit bilan jang qilmoqchiman. Kimga qarshi chiqishimning farqi yo‘q. Biroq kuchimni baholab olishim uchun Xalil Rauntri juda zo‘r variant bo‘lardi! Robert Uittaker bilan esa bir marta jang qilganimning o‘zi yetarli. Reytingda boshqa qiziqarli raqiblar juda ko‘p", — dedi Renye.
Eslatib o‘tamiz, "UFC Fight Night 285" turnirida De Ridder birinchi raunddayoq Roman Dolidzeni mag‘lub etdi.

Fikrlar