"Renn" Diasni 21 mln evroga sotib oldi
"Sporting" yarim himoyachisi Rafinya Dias faoliyatini "Renn"da davom ettiradi.
Transfer frantsiyaliklarga 21 mln evroga tushdi. Klub Dias bilan 5 yillik bitimga erishdi.
Ma’lumot uchun, "Sporting" 22 yoshli futbolchini 2018 yilning may oyida 6,5 mln evroga xarid qilgan.
Portugaliya chempionatining o‘tgan mavsumida Rafinya Dias 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi va bitta assistlik vazifasini bajardi.
Fikrlar