Reshford, olamga jar solgandan ko‘ra, men bilan gaplash!

  • 19 dekabr, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford murakkab davrlarni boshdan kechirmoqda. Bosh murabbiy Ruben Amorim uni o‘yinlar qaydnomasiga kiritmay qo‘ydi. Kub rahbariyati o‘yinchini sotib yuborishga ochiqligini ma’lum qildi.

Tecno

Reshford o‘zi tushib qolgan vaziyatni matbuot orqali omma e’tiboriga olib chiqdi. Bu holat Ruben Amorimga yoqmadi. Portugaliyalik mutaxassis bu borada o‘z qarashlarini bildirdi.

- Uning o‘rnida bo‘lganimda, olamga jar solmasdan murabbiy bilan gaplashib olgan bo‘lardim. Bu vaziyatni izohlab berishim qiyin. Agar bu mavzuga e’tibor qaratadigan bo‘lsam, ertaga ommaviy axborot vositalari “portlaydi”. Buni muammo emasligini aytsam, o‘z printsiplarimdan chekingan bo‘laman.

Shu bois, men bu masalani hal qilaman va shunday qilishim kerakligini tushunib turibman. Men uchun jamoa alohida shaxslardan uslun. Vaqti kelganda Reshford masalasini hal qilamiz, hozir bor e’tiborni navbatdagi uchrashuvga qaratish kerak, - dedi Ruben Amorim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!