Reshford "Barselona"da qolishi mumkin — klub yangi ijara bo‘yicha muzokara olib bormoqda
"Barselona" hujumchisi Markus Reşford Kataloniya klubida keyingi mavsum ham qolishi mumkin. Bu haqida "Diario SPORT" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" angliyalik futbolchini jamoada saqlab qolishni juda xohlamoqda, biroq buni faqat majburiy sotib olish huquqi bilan yangi ijara shartnomasi orqali amalga oshirish niyatida.
Hozircha "Manchester Yunayted" bunday taklifga rozi emas, ammo "Barselona" Reşfordning klubda qolish istagi tufayli yakunda kelishuvga erishish mumkin deb hisoblamoqda.
Reşford o‘tgan yozda "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga ijaraga kelgan edi. U "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar