Reshfordning injiqligi vaziyatni qiyinlashtirmoqda

  • 21 iyun, 15:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni ijaraga olishni istagan.

Tecno

Manchester Evening News nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 27 yoshli hujumchini 40 million funt evaziga sotmoqchi, biroq hozircha hech qanday rasmiy taklif tushmagan.

Vaziyatni murakkablashtirayotgan jihat shundaki,Markus faqat Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan jamoaga o‘tishga tayyor va Saudiya Arabistonidan bo‘lgan takliflarni umuman ko‘rib chiqmayapti.

Shuningdek, u hozirgi haftalik 325 000 funtlik maoshini kamaytirishni xohlamaydi va London klublariga o‘tishni ham istamayapti.

"Inter" Reshfordga qiziqish bildirgan, ammo italiyaliklar faqat uni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!