Risharlisonning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • 23.12.2022 23:10
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi va Londonning «Tottenxem» klubi hujumchisi Risharlison bir oyga yaqin muddat davomida maydonga tusha olmaydi, deb xabar beradi "Sky Sports" nashri.

Xabaringiz bor, 25 yoshli futbolchi Xorvatiyaga qarshi chorak final uchrashuvida (1:1, penaltilar bo‘yicha 2:4) tizzasidan jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum «Tottenxem» safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. London klubi 15 o‘yindan so‘ng 29 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!