Rivaldo: «Safonov – dunyodagi eng yaxshi darvozabon unvoniga asosiy da’vogar»

  • 16.10.2026 15:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq yulduzi Rivaldo PSJ darvozaboni, rossiyalik Matvey Safonovning yilning eng yaxshi darvozaboni mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Matvey – hozircha dunyodagi eng yaxshi darvozabon nomiga asosiy da’vogar. Chempionlar Ligasidagi g‘alaba va hal qiluvchi o‘yinlardagi ajoyib seyvlar uning foydasiga juda kuchli dalil. Rossiyalik darvozabon uchun yagona jiddiy raqobatchi – Unay Simon bo‘ladi», – deya Rivaldoning so‘zlarini keltiradi «RB Sport» nashri.

Eslatib o‘tamiz, Matvey Safonov yilning eng yaxshi darvozaboni uchun beriladigan nufuzli mukofotga da’vogar bo‘lgan o‘n nafar nomzod ro‘yxatiga kiritilgan.

Dunyodagi eng yaxshi darvozabon nomi «Oltin to‘p» topshirish marosimida e’lon qilinadi. Tantanali tadbir 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!