Rivaldoning o‘g‘lini "Dinamo"da kutishmoqda

  • 11.08.2020 16:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ruminiyaning "Viitorula" klubi hujumchisi Rivaldino faoliyatini "Dinamo" Kievda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Xabarlarga qaraganda, 25 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga yaqindagina jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Mircha Luchesku qiziqish bildirmoqda. Unga esa Polsha va BAA klublaridan ham takliflar bor.

Ta’kidlash kerakki, Rivaldino afsonaviy futbolchi Rivaldoning o‘g‘li hisoblanadi. U o‘tgan mavsum “Viitorula” klubida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!