Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Riyod-2025. Diyora Azizova - bronza medali sohibasi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Taekvando terma jamoamizning vakilasi VI Islom birdamligi o‘yinlari sovrindori bo‘ldi.

Taekvando terma jamoamizning 63 kg vazn toifasidagi vakilasi Diyora Azizova VI Islom birdamligi o‘yinlari sovrindori bo‘ldi.

Hamyurtimiz musobaqa uchinchi o‘rni uchun kechgan bahsda nigerlik Madinatu Sako bilan jang qildi va g‘alaba qozondi. Bu orqali Diyora delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.

Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q